Muhammadali Mardonov
Ishtirokchi haqida
Muhammadali Mardonov — 11 yoshda, Toshkent shahri, Yashnobod tumanidagi 69-maktabning 5-sinf o'quvchisi. Bolaligidan san'atga juda qiziqqan, ulg'aygach esa sevimli mashg'ulotiga professional darajada yondasha boshlagan. Aktyorlik mahorati, so'zamonlik, san'atsevarlik, taniqli yulduzlarga taqlid qilish, qo'shiq aytish, zarbli cholg'ular (doira, tabla) chalish bilan shug'ullanadi. Onasi uni 5 yoshligida raqsning Hip-hop yo'nalishiga olib borgan va bu to'garakda ko'p natijalarga erishgan, xalqaro festivallarda qatnashgan. 2018-yildan milliy raqsga qiziqib qolgan. Oyisi uni "Sharq yulduzlari" Respublika Ashula va raqs to'garagiga olib borgan. 2020-yil 8 yoshida Zo'rTV telekanalida 1-mavsum "Aktyor kids" loyihasining kastingiga qatnashgan, "Sharq yulduzlari" to'garagining rahbari Doston To'xtamuratov va Durdona To'xtamuratovalar maslahatlari bilan bordim va keying bosqichga o'tgan. "Aktyor kids" loyihasi Zo'rTV telekanalida 4 oy davom etgan, bu ko'rsatuvda o'zini sinagan va eng kichik ishtirokchi bo'lib qatnashgan. Doston To'xtamuratovning amaliy yordamlari va qo'llab-quvvatlashlari natijasida har bir sonda 1-o'rinni egallagan va bu loyihaning finalisti bo'lgan. 2020-yilda ustozi va rahbari Doston To'xtamuratov "Sharq yulduzlari" teatr studiyasini tashkil qilgan. Bu to'garakda aktyorlik mahoratini, suxandonlikni o'rgana boshlagan. 2021-yil rahbari Zo'rTV telekanalida ular uchun "Dovuchchalar" ko'rsatuvini tashkil qilib berganlar. Hozirgacha Zo'rTV telekanalining "Dovuchchalar" ko'rsatuvida aktyor va boshlovchi sifatida ijod qilib kelmoqda. "Dovuchchalar" ko'rsatuvi hajviy ko'rsatuv bo'lib, unda maktabda, uyda, ko'chada bo'lgan qiziqarli voqealarni kulguli tarzda ko'rsatib beradi. Zo'rTV, Renessans, Sevimli telekanallaridagi telenovellalarda rollar ijro etib kelmoqda, jumladan Zo'rTV telekanalida bo'lib o'tgan "Iskanja" teleserialida bosh rollardan (Mansur rolida) birida ishtirok etgan. Uning asosiy yutuqlari qatorida 2018-yil Toshkent shahrida bo'lib o'tgan "Tansuy vsey dushoy" Xalqaro xoreografiya festivalida 3-o'rin, 2019-yil xuddi shu festivalda GRAN PRI sohibi, 2019-yil Qirg'iziston Respublikasida bo'lib o'tgan festivalda ham GRAN PRI sohibi, 2020-yil "Aktyor kids" loyihasining finalisti, 2023-yil onlayn Iste'dod musiqiy-ijodiy xalqaro tanlovida zarbli cholg'u asboblar yo'nalishida 3-o'rin, 2023-yil mart oyida onlayn Xalqaro tanlovida taniqli aktyorlarga taqlid qilish nominatsiyasi bo'yicha diplom hamda 2023-yil noyabr oyida "Kamalak yulduzlari" bolalar ijodiyot festivalining Yashnobod tuman bosqichida 2-o'rin bor. Kelajakdagi rejalari — "Dovuchchalar" ko'rsatuvidagi faoliyatini yanada rivojlantirish, aktyorlik va suxandonlikni mukammal darajada egallash, doira va zarbli cholg'ularning barchasini chalishni o'rganish. Muhammadalining orzusi — butun dunyo taniydigan taniqli san'atkor bo'lish. U "Intilganga tole yor" degan iqtibosni yoqtiradi va hozirda rus va o'zbek xalq ertaklarini o'qimoqda.