Logo
A
3-nashr · 2024

Abdullayeva Ziynat

IT VA IJTIMOIY FAOLLIK SOHASIDAGI TALABA

Ishtirokchi haqida

Abdullayeva Ziynat — 17 yoshda, Toshkent shahridagi "Sehriyo" NTM 11-sinf o'quvchisi. U AQShning Missuri shtatida AQSh Davlat departamentining "Future Leaders Exchange" (FLEX) almashuv dasturi grant sohibasi bo'lib, ayni paytda Amerika maktabining 12-sinfida tahsil olmoqda. Amerika ta'lim tizimida o'quvchilarga o'zlari o'rganmoqchi bo'lgan fanlarni tanlash huquqi berilishi uni ayniqsa jalb qiladi — shu tufayli u jurnalistika, psixologiya, huquq va rasmga olish san'atini o'rganishga qaror qilgan. Rasmiy statistik ma'lumotlarga ko'ra grantni yutish imkoniyati atigi 2%ni tashkil etadi: O'zbekiston bo'ylab 6000 nafardan ortiq maktab o'quvchisi ariza topshirgan bo'lsa, ulardan faqat 50 kishi grantni qo'lga kiritgan, shu jumladan Ziynat ham. Ziynatning asosiy maqsadlaridan biri — chet elda ko'pchilik O'zbekiston haqida bilmasligini inobatga olib, imkon qadar ko'proq insonlarga o'z Vatani haqida bilim berish; bugungi kunga qadar uning taqdimotlarida 400 nafardan ortiq odam O'zbekiston bilan tanishgan. U Startup Weekend xakatonida ham ishtirok etib, 3 kun davomida jamoasi bilan strategiya ishlab chiqqan va bu davrda IT texnologiyalari, elektron tijorat hamda tadbirkorlik sohalaridagi muvaffaqiyatli ayollar bilan tanishish imkoniga ega bo'lgan — uning "Nanny Navigator" loyihasi xakatonda faxrli 2-o'rinni egallagan. Uning asosiy yutuqlari qatoriga FLEX (Future Leaders Exchange) grant sohibaligi, Kinder MBA tanlovida 2021, 2022 (2 marta) va 2023-yillarda 1-o'rinlar, Moskva Lomonosov universitetidagi Kinder MBA Moskvada 1-o'rin, Startup Weekend Women Edition’da 2-o'rin, NASA Space Apps Challenge’da 1-o'rin, "Biz shahar bilan faxrlanamiz" xalqaro kitobxonlar tanlovida 1-o'rin, "Self defense Camp" dasturi hamda Central Asia "Non-Violence Debate Cup" bahs turniridagi ishtiroki kiradi. Shuningdek, u xayriya jamg'armalari, GoViral Amerika elchixonasi qoshidagi tashkilot va Taskin xospisida volontyor sifatida faoliyat yuritib, uysizlarga oziq-ovqat tarqatishda qatnashgan. 2024-yil mart oyida AQSh Davlat departamenti tomonidan Vashingtonda tashkil etiladigan fuqarolik ta'limi ishchi guruhiga saylanib, senatorlar, Kongress va Kapitoliy hamda Oliy sud vakillari bilan munozaralarda ishtirok etgan.

Nashrga qaytish