Logo
G
3-nashr · 2024

Guli Jonuzoqova

INGLIZ TILI O'QITUVCHISI, XALQARO KONFERENSIYA VA KURSLAR ISHTIROKCHISI

Ishtirokchi haqida

Guli Jonuzoqova — 16 yoshda, Navoiy viloyati, Uchquduq tumanidagi matematika fanini chuqurlashtirib o'qitishga ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabining (7-maktab) 10-sinf o'quvchisi. Yoshligiga qaramay, unda liderlik qobiliyati yaxshi shakllangan: tengdoshlaridan o'zining kirishimliligi, hayotda hech qachon ortga chekinmasligi, har sohada rivojlanishga intilishi hamda muvaffaqiyatsizlikdan so'ng ham qayta tura olishi bilan ajralib turadi. U har sohada — ilm-fandan tortib qiz bolalarga kerakli bo'ladigan hunarlargacha — mutaxassislardan chuqur bilim olgan va bu bilimlarni ommaga yetkazib bera oladi. Bugungi kunda u 5 yoshdan 12 yoshgacha bo'lgan 35 nafar o'quvchiga ustozlik qilmoqda. Uning asosiy yutuqlari qatorida O'zbekiston Respublikasi "Mehnatsevar" loyihasi doirasida tashkil etilgan "Skills camp" dasturi finalisti unvoni, ingliz tilidan CEFR B2 va IELTS 6 sertifikatlari, 3 ta ilmiy maqola va 1 ta ijodiy ish muallifligi, "One million uzbekcoders" loyihasining front-end dasturi bitiruvchiligi, matematika bo'yicha Respublika ITS olimpiadasi sovrindorligi hamda Duke universitetining "Data Science Math Skills" kursini tamomlagani bor. Maktabdan so'ng deyarli bo'sh vaqti yo'q: u IELTS va SAT kurslariga qatnaydi hamda o'quvchilarga dars beradi. Gulining orzusi — AQShdagi Harvard universitetining talabasi bo'lish. U Nelson Mandelaning "Hayotdagi eng katta shon-shuhrat hech qachon yiqilmasligimizda emas, balki har yiqilganimizda qayta tura olishimizdadir" degan iqtibosini yoqtiradi va hozirda Robert Kiyosakining "Boy ota, kambag'al ota" kitobini o'qimoqda.

Nashrga qaytish