Zarnigor Xusanova
Ishtirokchi haqida
Zarnigor Xusanova — 15 yoshda, Toshkent shahridagi 102-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 9-sinf o'quvchisi. Yoshligidan raqs san'atiga qiziqqan, bog'chaga borgan vaqtlaridanoq har bir bayramda va turli tadbirlarda o'z raqslari bilan ishtirok etishni boshlagan. Hozir ham doimo tadbirlarda raqsi bilan ishtirok etadi va ustozlari uni erkalab "Hech bir bayram sensiz o'tmaydi, barakalla" deyishadi. Sust eshitishi unga musiqani va uning ritmini his qilishga umuman halaqit bermaydi. U raqsdan zavqlanadi va bu mashg'ulotni juda yaxshi ko'radi. Maktabidagi raqs to'garagining eng faol a'zolaridan biri bo'lib, ko'proq milliy raqslarni ijro etadi, lekin boshqa millat raqs turlarini ham juda yaxshi biladi. U Zamin fondining tabiatni asrash guruhi a'zosi bo'lib, ko'plab loyihalarda ishtirok etib kelmoqda. Ushbu kitobni o'qiyotgan barchaga "Tabiatni asrang!" deb murojaat qiladi, chunki tabiatni asrashni barchamiz uchun juda zarur deb hisoblaydi. Uning asosiy yutuqlari qatorida xalqaro ekologik forum ishtirokchisi bo'lgani, Zamin fondi tomonidan tashkil etilgan Dizaynerlar konkursi ishtirokchisi bo'lgani va raqs to'garagi faol a'zosi ekanligi bor. Ekologiyani yaxshilash bo'yicha o'z loyihasini amalga oshirishni rejalashtirmoqda va tabiatga zarar yetkazmasdan yashashga harakat qiladi, barchamiz ekologiya haqida qayg'urishimiz va yashayotgan yer sayyoramizni sevib yashashimiz kerak deb ishonadi. Zarnigorning orzusi — o'zimning stomatologik klinikamni ochish. U "Imkonsiz narsaning o'zi yo'q!" degan iqtibosni yoqtiradi va hozirda Aleksandr Pushkinning "Evgeniy Onegin" kitobini o'qimoqda.