Logo
A
3-nashr · 2024

Alisherov Nurbek

DASTURCHI VA IJTIMOIY LOYIHALAR ASOSCHISI

Ishtirokchi haqida

Alisherov Nurbek — 15 yoshda, Namangan viloyati Chust tumanidagi 43-maktabning 9-sinf o'quvchisi. U insonlarga yordam berishni yaxshi ko'radi va shu maqsadda ijtimoiy tarmoqlarda ikkita loyihani amalga oshirgan: birinchisi — yoshlarga grant dasturlari haqida ma'lumot beruvchi "Edu Grands" telegram kanali, ikkinchisi esa Youtube platformasidagi bepul IT darslari bo'lib, ular orqali "United developers" va "Master devs" loyihalarini yaratib, jamoasini kengaytirib kelmoqda. Nurbek o'zida kuchli liderlik qobiliyatini his qiladi va istalgan joyda tezda jamoa tuza oladi, har bir insonning fikrini hurmat qilishni muhim deb biladi. U o'z ustida ishlash uchun haftasiga o'rtacha 10 soat vaqt ajratadi, dasturlashda C, C++, PHP, HTML, CSS va JS kabi bir qator tillarni biladi, telegram bot va veb-saytlar yaratib daromad topadi, shuningdek maqola va esselar yozishga qiziqadi. Loyihalarni noldan yaratish, ular uchun brend ishlab chiqish va aniq rejalar tuzish unga katta zavq bag'ishlaydi — hozirda 5ta loyiha uchun jamoalar yig'ib, ularni samarali boshqarib kelmoqda. Uning asosiy yutuqlari qatoriga Najot ta'lim & Cambridge LC granti, Albison academy & Amity university granti g'olibligi, Farobiy IT school granti sovrindorligi hamda "Raqamli avlod" oromgohini bitirganligi kiradi. 2024-yil bahorida IELTS imtihonini topshirgach, xalqaro sammitlarda ishtirok etib, loyihalari bo'yicha hamkorlik o'rnatishni rejalashtirmoqda, shuningdek "Future Leaders System" jamoasidagi loyihalarni butun O'zbekiston bo'ylab tatbiq etishga intilmoqda. Nurbekning orzusi — onasining orzularini ro'yobga chiqarish, ya'ni odamlarga yaxshilik qilib, xalqning roziligini olish va jamiyatga kerakli inson bo'lish. Sevimli iqtibosi: "Yolg'onchilar bizdan emas". Sevimli kitobi sifatida Jennifer Daudaning "Kod Buzar" asarini tilga oladi.

Nashrga qaytish