Dilshoda Xakimova
Ishtirokchi haqida
Dilshoda — 19 yoshda, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti bakalavri va tarjimon. U o‘zbek, ingliz, rus, nemis, turk, fransuz va arab tillarida so‘zlasha oladi. U o‘zbek adabiyoti asarlari hamda o‘z ijod namunalarini xorijiy tillarga tarjima qiladi. Xalqaro va respublika miqyosidagi fan olimpiadalari hamda tanlovlarda faol ishtirok etib, ko‘plab yutuqlarga erishgan. She’r va hikoyalar yozadi, kitoblari nashrdan chiqqan. Dilshoda ilmiy va adabiy to‘garaklarga rahbarlik qiladi, maqolalari respublika va xalqaro nashrlarda chop etiladi. U “Mohir tarjimon” medali sohibasi, “Yilning eng yosh olimi — 2021” xalqaro tanlovi g‘olibasi hamda Aleksandr Faynberg nomidagi stipendiya sohibasidir. U tarjimonlik orqali o‘zbek adabiyotining mazmun-mohiyati va ruhiyatini dunyo xalqlariga yetkazishni maqsad qilgan. Shuningdek, maktab o‘quvchilariga bepul dars beradi va yoshlar bilan madaniy-ma’rifiy loyihalarda faol ishtirok etadi. Kelajakda Dilshoda xorijiy tillar va zamonaviy texnologiyalarni uyg‘unlashtirib, o‘zbek adabiyoti hamda ma’naviy merosimizni mobil ilovalar orqali keng targ‘ib qilishni istaydi.