Farangis Rahimberdiyeva
Ishtirokchi haqida
Farangis Rahimberdiyeva — 21 yoshda, Toshkent shahridagi Amity universiteti talabasi, bir vaqtning o'zida bloger, model va san'atkor sifatida faoliyat yuritadi. U musiqa bilan shug'ullanadi — kuylaydi, ashula yaratadi, respublika va xalqaro loyihalarda o'z kuchini sinab, davlat tadbirlarida faol qatnashadi. Shuningdek, moda olamida dizaynerlar bilan birgalikda model sifatida ishlaydi va Instagram tarmog'ida yigirma uch mingdan ortiq obunachisiga o'z faoliyati haqida so'zlab, ularga motivatsiya berishga harakat qiladi. U uchta oliy o'quv muassasasiga talaba sifatida qabul qilingan va "Central Asia's Got Talent" loyihasida O'zbekiston vakili bo'lgan. Musiqa ilohiy narsa ekanini, sahnadagi chiqishlari va qo'shiqlarini tinglagan odamlar motivatsiya olishini bilib, Farangis san'atkor bo'lishga qaror qilgan. Kichkinaligidan doimo izlanishda bo'lgan — bir paytning o'zida ham davlat maktabida, ham musiqa maktabida o'qib, ko'chada bolalar bilan o'ynashga vaqti qolmagan paytlar bo'lgan. O'yin-kulgularni kamaytirib, irodasini charxlab, sabrli bo'lib, doimo harakatda bo'lgan. Oilada to'ng'ich farzand bo'lganligi bois, erta yoshda o'zining yetakchiligini his qilgan va o'zida katta mas'uliyat borligini, singillari unga qarab harakat qilishini doimo his qilib kelgan. Farangisning kelajakdagi maqsadi — musiqa olamida yetakchi ijodkor bo'lib yetishish, katta sahnani zabt etib, dunyo bo'ylab iste'dodli yoshlar bilan raqobatlashishdir.