Nuriddin Avazov
Ishtirokchi haqida
Nuriddin Avazov — 23 yoshda, bakalavr darajasiga ega iqtisodchi, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Uning faoliyati jamiyat hayotining barcha jabhalarini qamrab oladi: aholi daromadlarini oshirish, kambag'allik darajasini tushirish, ishsizlik darajasini pasaytirish va narx-navo barqarorligini ta'minlash kabi jamiyat a'zolari uchun muhim masalalar bilan shug'ullanadi. Bunga qo'shimcha, u ilmiy faoliyat bilan ham faol shug'ullanadi — ilmiy ishlarining asosiy mavzusi investitsiyalar asosida makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlash va yuqori iqtisodiy o'sishga erishishdir. Ota-onasining o'qishi uchun qilayotgan mashaqqatli mehnatini ko'rish uning uchun eng katta qiyinchilik bo'lgan, biroq bu uni ilm olish yo'lida davom etishga undagan. U 100 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi, shu jumladan uchta ilmiy kitob nashr ettirgan, 25 dan ortiq maqolasi xalqaro jurnallarda va 15 dan ortiq maqolasi respublika ilmiy jurnallarida chop etilgan. Bir necha marta "Yil talabasi" tanlovlarida va fan olimpiadalarida g'olib bo'lgan, "Muhammad Aminxo'ja Muqimiy" ko'krak nishoni sovrindori, shuningdek Rossiya Federatsiyasida o'tkazilgan xalqaro tanlovda "Yil iqtisodchisi" nominatsiyasi g'olibi bo'lgan. Nuriddinning maqsadi — kuchli makroiqtisodchi bo'lish, O'zbekistonda barqaror bank va moliya tizimini hamda tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirishga hissa qo'shish, dunyoning top-100 iqtisodchilari qatoriga qo'shilish va O'zbekistonda ta'lim sohasini rivojlantirishga hissa qo'shishdir.