Shaxzodbek Yetmishboyev
Ishtirokchi haqida
Shaxzodbek Yetmishboyev — 21 yoshda, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg'ona filiali bakalavriat talabasi. U axborot xavfsizligi sohasida hamda sun'iy intellektni professional darajaga olib chiqish bo'yicha kuchli mutaxassis bo'lish ustida ish olib bormoqda, taraqqiyotni kompyuter texnologiyalarisiz tasavvur qilish qiyin, deb biladi. U Farg'ona viloyati TOP 50 ta "Kelajak liderlari" klubining a'zosi. Shaxzodek axborot texnologiyalariga yoshligidan qiziqib kelgan. U oliy o'quv yurtida ta'lim olish bilan bir qatorda turli ko'rik-tanlovlarda ham ishtirok etib, faxrli o'rinlarni egallab kelmoqda: Innovatsion va rivojlanish vazirligi tomonidan o'tkazilgan "Texnoways" texnologik rivojlanish marafonining respublika bosqichi g'olibi va 15 million so'm pul yutug'i sohibi bo'lgan, shuningdek Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tashkil etgan "O'zbekiston yoshlari buzg'unchi g'oyalarga qarshi" mavzusidagi "Eng yaxshi infografika" tanlovining respublika bosqichida 2-o'rinni egallagan. IT-mutaxassis bo'lishga qaror qilishida nafsiga qarshi chiqib, dangasalikni yengib, do'stlar bilan uchrashuvlardan voz kechib, sohaga oid manbalarni doimiy ravishda kuzatib, uyqu o'rniga ko'proq kitob mutolaa qilish orqali qiyinchiliklarni yengib o'tgan. Agar dunyoda hamma narsaga erishib, imkoniyatlari ko'p bo'lsa, ibodat, ehson va insonlarga mehr ulashish bilan shug'ullangan bo'lar edi. O'tmishga qaytish imkoni bo'lsa, o'zi bilan ko'rishishni, ya'ni 12 yoshligiga qaytib ingliz tili hamda dasturlash tillarini o'rganishni ertaroq boshlashni istardi. Uning kelajakdagi maqsadlari — O'zbekiston hamda xalqaro grantlarini yutish, kamida 7 tilda erkin so'zlashish, O'zbekistonda IT sohasini rivojlantirib, ilg'or davlatlar qatoriga olib chiqish va xususiy maktab tashkil etish.