Muydinov Bekzod
Ishtirokchi haqida
Muydinov Bekzod — 32 yoshda, bakalavr, Namangan davlat universiteti bilan bog'liq. U tadqiqotchi sifatida ingliz tili bilan bog'liq O'zbekistonda yo'q bo'lgan lug'atlar yaratish bilan shug'ullanadi. Bekzod tilshunoslik sohasining quyidagi yo'nalishlarida o'z loyihalari ustida ish olib bormoqda: IELTS sertifikatini qo'lga kiritishda so'z yodlash texnikalarini o'rgatuvchi lug'atlar va e-dasturlar. Ingliz tilini o'rganayotganlarga qulaylik yaratishdagi O'zbekistonda yagona lug'atshunoslik maktabini yaratish. Mazkur loyihani amalga oshirish g'oyasi, Bekzod maktabda o'qib yurgan kezlari, kerakli lug'atni kitob rastalaridan topa olmaganidan keyin paydo bo'lgan. U ayni damda lug'atlarga bo'lgan talab yuqoriligidan va ehtimoliy daromadlar tufayli shu loyihalar bilan shug'ullanib kelmoqda. Hozirda Bekzod lug'atlarni nashr etishda ikki nashriyot bilan ishlamoqda — «Akademnashr» va «Kitobdornashr». Tadqiqotining maqsadi — o'z ilmini meros qilib qoldirish, yurtim yoshlari, kelajak avlod uchun til borasidagi ulkan lug'at maktabini qoldirish.