Logo
K
1-nashr · 2021

Kamolov Nodirjon

ROBOTOTEXNIKA BO'YICHA DOKTORANT, TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI

Ishtirokchi haqida

Kamolov Nodirjon — 25 yoshda, Toshkent davlat texnika universiteti doktoranti. U tadqiqotchi sifatida robototexnika, mexatronika, fizika va matematika sohalarida faoliyat yuritadi, innovatsion o'qitish, mikrokontrollerlar va dasturlash asoslari bilan shug'ullanadi. Nodirjonning asosiy loyihasi — talaffuzida nuqsoni bor, maktabgacha va maktab yoshidagi bolalar nutqidagi nuqsonlarni aniqlovchi va uni to'g'rilashga yordam beruvchi intellektual mobil robot yaratish hamda masofaviy ta'limni rivojlantirishdir. Bu robot yordamida bolalar uy sharoitida to'g'ri va ravon gapirishni o'rganishlari mumkin — loyiha talaffuzni ko'ngilochar tarzda va ko'p xarajatlarsiz tuzatish imkonini berdi. Bakalavr ixtisosligi magistratura ixtisosligidan farq qilgani uchun uning robototexnika va mexatronika sohasiga kirish jarayoni qiyin bo'lgan. Shunga qaramay, magistraturadagi kafedra professor-o'qituvchilarining jonkuyarligi va qiziqarli ta'lim berishi tufayli, u bu yo'nalishga mehr qo'yib, juda tez o'rgangan. Magistratura bosqichida bo'lsa ham "Ilmiy pedagogika ishi" bo'yicha talabalarga dars o'tishi unga katta zavq bag'ishlaydi. U loyihalarining insonlarga foyda keltirishini, yurtimizda hech qaysi bola kasal bo'lmasligini va o'quvchilari kelajakda muvaffaqiyatga erishishini orzu qiladi.

Nashrga qaytish