Logo
B
1-nashr · 2021

Burxonov Ravshan

TUGALLANMAGAN BAKALAVR, O'ZBEKISTON JURNALISTIKA VA OMMAVIY KOMMUNIKATSIYALAR UNIVERSITETI

Ishtirokchi haqida

Burxonov Ravshan — 23 yoshda, tugallanmagan bakalavr, O'zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti bilan bog'liq. U tadqiqotchi sifatida Turkiston jadidlarining siyosiy harakatlarini o'rganadi, jumladan Ubaydullaxo'ja Asadullaxo'jayevning «Jadid Taraqqiyparlari» partiyasi haqida izlanishlar olib boradi. Turkistonda jadid taraqqiyparvarlarining adabiy, publisistik faoliyati atroflicha o'rganilgan. Ravshan o'z tadqiqotlarida jadidlarning siyosiy faoliyatini o'rganmoqda. Jumladan Ubaydullaxo'ja Asadullaxo'jayevning «Jadid Taraqqiyparlari» partiyasi haqida izlanishlar olib bormoqda. Ravshan o'rganayotgan mavzuda manbalarning yetarlicha emasligi tufayli, turli davlatlardagi kutubxonalarga murojaat qilishiga to'g'ri kelgan. Masalan, Kembrij universitetiga Ahmad Zakiy Validiyning «Bugungi turk eli» kitobining 2-tomini so'rab murojaat qilganida, universitet talabasi bo'lmaganligi tufayli unga kitobning elektron nusxasini berishmagan. Ammo, Ravshanning aytishicha, izlanishlarning yoqimli tomoni ham bor. Masalan, u kitoblardan Ubaydullaxo'ja Asadullaxo'jayevga, «Taraqqiyparvarlar» partiyasiga oid biror jumlani topganida, katta xazinani topgandek xursand bo'lib ketadi. Umuman olganda, Ravshanning fikricha, ilm-fan bilan shug'ullanish inson ruhiyatini takomillashishiga yordam beradi.

Nashrga qaytish