Urinov Aziz
Ishtirokchi haqida
Urinov Aziz — 32 yoshda, magistr, Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat instituti bilan bog'liq. U tadqiqotchi sifatida qishloq xo'jaligi mashinalarida sodir bo'ladigan texnologik jarayonlarni o'rganish va takomillashtirish, keng qamrovli paxtachilik kultivatori uchun markazlashtirilgan pnevmomexanik o'g'itlagich apparatining parametrlarini asoslash, shuningdek ekish sifatini yaxshilash bo'yicha ilmiy tadqiqot ishlarini o'rganish va tahlil qilish bilan shug'ullanadi. Loyiha paxta yetishtirishda energiya va resurslar sarfini kamaytirish va tuproqning unumdorligini saqlashga asoslangan yuqori samaradorlikka ega ishlov berish texnologiyalari va texnika vositalarini yaratish, ularni ishlab chiqarishga joriy etish hamda keng qamrovli paxtachilik kultivatori uchun markazlashtirilgan pnevmomexanik o'g'itlagich apparatining parametrlarini asoslashga qaratilgan. Ilmiy loyiha takroriy ekinlar hisobiga yiliga ikki marotaba hosil olish va oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash imkonini beradi. Ayni damda ilmiy loyiha mavjud seyalka va kultivatorlarning konstruksiyalari va ularning ishlash prinsiplarini o'rganish bosqichida.