Logo
T
1-nashr · 2021

Tog'ayev Anvar

DOTSENT, TOSHKENT AVTOMOBIL YO'LLARINI LOYIHALASH, QURISH VA EKSPLUATATSIYASI INSTITUTI

Ishtirokchi haqida

Tog'ayev Anvar — 35 yoshda, Toshkent avtomobil yo'llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti dotsenti. U tadqiqotchi sifatida transport vositalari ramasi konstruksiyasining dinamik parametrlarini hisoblashning sonli usullarini ishlab chiqadi, shuningdek ko'p tarmoqli fermer xo'jaliklari sharoitlarida foydalanish uchun turli almashinuvchi kuzovlar bilan foydalaniladigan yuqori unumli va tejamli universal traktor tirkamasi shassisini ishlab chiqish ustida ishlaydi. Dunyoda energiya va resurslardan samarali foydalanish, ularni tejaydigan texnologiya va texnika vositalarini yaratish hamda ularni ishlab chiqarishga qaratilgan tadqiqotlar olib borilmoqda. Agar dunyo bo'yicha 4 mlrd. 889 mln. gektar maydonga qishloq xo'jaligi mahsulotlari yetishtirilishini hisobga olsak, bu mahsulotlarni tashish uchun transport vositalarini yaratish nihoyatda dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Bu borada rivojlangan chet el mamlakatlarida ma'lum yutuqlarga erishilgan bo'lib, ularda qishloq xo'jaligi mahsulotlarini tashishda ish unumdorligini oshiruvchi transport vositalarini qo'llashga alohida e'tibor qaratilmoqda. Ko'p tarmoqli fermer xo'jaliklari sharoitlarida foydalanish uchun turli almashinuvchi kuzovlar bilan foydalaniladigan yuqori unumli va tejamli universal traktor tirkamasi shassisini ishlab chiqishga ehtiyoj mavjudligi uchun Anvar ushbu loyiha ustida ish boshlagan. Ayni damda loyiha bo'yicha texnik topshiriq shakllantirilgan va uning komponovkasi ishlab chiqilgan. Universal traktor tirkamasi shassisini seriyali ishlab chiqarishga tayyorlash bo'yicha takliflar berilgan. Loyiha ishlab chiqarishga joriy etilgach, keng qamrovli fermer xo'jaliklari uchun barcha transport-tashuv ishlarida qo'llaniluvchi universal shassi va turli kuzovlar orqali tirkamalarga bo'lgan ehtiyoji qoplanadi va katta mablag' iqtisod qilib qolinadi. Ushbu loyihaning amalga oshirilishi O'zbekiston Agrosanoat majmuasiga zamonaviy samaradorligi yuqori bo'lgan va tejamkor texnika joriy etilishini ta'minlaydi.

Nashrga qaytish