Abdurahmonova Muhlisa
Ishtirokchi haqida
Abdurahmonova Muhlisa — 22 yoshda, bakalavr, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bilan bog'liq. U olim sifatida O'zbekiston investitsiya bozorini tahlil qiladi va aholining moliyaviy savodxonligini oshirishga yordam beradi. Muhlisa jahon siyosati va bank ishi bo'yicha tahsil olgan, natijada mamlakatdagi investitsiya siyosatini o'rgana boshlagan. Bunga O'zbekistonda investitsiyalar bo'yicha tadqiqot maydonining mavjud emasligi turtki bo'lgan. Muhlisaning loyihasi mohiyati moliya bozorini o'rganishdan iborat. U boshqa mamlakatlardagi qimmatli qog'ozlar bozoridagi vaziyatni tahlil qiladi va O'zbekiston bozori bilan solishtiradi. Shu tariqa tor ixtisoslashgan ma'lumotlar bazasi kengaytiriladi va odamlarning moliyaviy savodxonligi oshiriladi.