Logo
Dilorom Yo‘ldosheva
4-nashr · 2025

Dilorom Yo‘ldosheva

Tadbirkor, tikuvchilik sohasi mutaxassisi.

Ishtirokchi haqida

Dilorom Yo‘ldosheva - tadbirkor, tikuvchilik sohasi mutaxassisi va xotin-qizlarning iqtisodiy faolligini qo‘llab-quvvatlashga hissa qo‘shayotgan ijtimoiy faol ayol. Og‘ir hayotiy sinovlarni yengib o‘tganiga qaramay, u tikuvchilik faoliyatini qayta yo‘lga qo‘yib, nafaqat o‘z biznesini rivojlantirdi, balki ko‘plab ayollarni kasb-hunarga o‘rgatishga ham muvaffaq bo‘ldi. “Harakatda barakat” loyihasi doirasida “Ayol va Zamon” o‘quv markazida faoliyat yuritib, o‘nlab xotin-qizlarni bepul kasbga o‘qitdi hamda ularning bandligini ta'minlashga ko‘maklashdi. Dilorom Yo‘ldosheva ayollarni o‘z kuchiga ishonishga, mehnat orqali mustaqil hayot qurishga undab kelmoqda. Uning hayot yo‘li matonat, sabr va mehnatsevarlik timsoli bo‘lib, imkoniyati cheklangan insonlarning jamiyatdagi faolligini oshirish va ularning salohiyatini namoyon etishga xizmat qilayotgan ilhomlantiruvchi shaxslardan biridir.

Nashrga qaytish