Logo
Marifatkhon Umarova
4-nashr · 2025

Marifatkhon Umarova

“Xavfsiz bolalik” loyihasi asoschisi

Ishtirokchi haqida

Marifatxon Umarova - yosh bo‘lishiga qaramay, bolalar va o‘smirlarni zo‘ravonlikdan himoya qilish, ularning ruhiy salomatligini mustahkamlash hamda xavfsiz muhit yaratish yo‘lida faoliyat yuritayotgan jamoat faoli va ijtimoiy tashabbuskor. U asos solgan “Xavfsiz bolalik” loyihasi bolalar va o‘smirlarga zo‘ravonlikning oldini olish, o‘z huquqlarini bilish hamda tengdoshlar o‘rtasida o‘zaro ishonch va qo‘llab-quvvatlash madaniyatini shakllantirishga xizmat qiladi. Loyiha doirasida UNICEF va BMT tavsiya etgan Peer-to-Peer Support modeli O‘zbekiston sharoitiga moslashtirilib amaliyotga joriy etilgan. Marifatxon maktablar, mahallalar va yoshlar markazlarida o‘nlab uchrashuvlar, treninglar va ochiq muloqotlar tashkil etib, yuzlab bolalar va o‘smirlarning ijtimoiy faolligi hamda ruhiy barqarorligini mustahkamlashga hissa qo‘shmoqda. U yoshlar orasida empatiya, hurmat, o‘zaro ishonch va ijtimoiy mas'uliyat qadriyatlarini targ‘ib qilayotgan faol tashabbuskorlardan biridir.

Nashrga qaytish