Logo
Mehrli maktab
4-nashr · 2025

Mehrli maktab

Ijtimoiy-ta'limiy tashabbus

Ishtirokchi haqida

“Mehrli maktab” - uzoq muddat davolanayotgan bolalarning ta'limdan uzilib qolmasligini ta'minlash, ularning bilim olishi, ruhiy holati va jamiyatga moslashuvini qo'llab-quvvatlashga qaratilgan ijtimoiy ta'lim loyihasidir. Loyiha Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi, “Zamin” xalqaro jamoat fondi hamda hamkor tashkilotlar ishtirokida amalga oshirilmoqda. Loyiha doirasida shifoxonalarda zamonaviy ta'lim muhitlari tashkil etilib, bolalarga individual yondashuv asosida o'quv mashg'ulotlari, psixologik qo'llab-quvvatlash va ijodiy rivojlanish imkoniyatlari yaratilgan. Bugungi kunga qadar minglab bolalar ta'lim jarayoniga qaytarilib, ularning sog'lig'i bilan bir qatorda bilim olishini davom ettirish uchun qulay sharoit yaratilmoqda. “Mehrli maktab” ta'lim va mehrni birlashtirgan innovatsion model sifatida O'zbekistonda gospital pedagogikasini rivojlantirish va har bir bolaning sifatli ta'lim olish huquqini ta'minlashga xizmat qilmoqda.

Nashrga qaytish