
Xudoyshukur Rajabov
Ishtirokchi haqida
Xudoyshukur Rajabov - iste'dodli rassom, pedagog va san'at orqali imkoniyati cheklangan insonlarning salohiyatini namoyon etib kelayotgan ijodkor. Bolaligidan qo'llari bo'lmasa-da, oyoqlari yordamida rasm chizishni o'rganib, bugungi kunda respublika va xalqaro ko'rgazmalar hamda tanlovlar g'olibiga aylangan. Hozirda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida tahsil olishi bilan birga Pavel Benkov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabida tasviriy san'at fanidan dars beradi. Uning faoliyati yosh ijodkorlarni qo'llab-quvvatlash, san'atni rivojlantirish va nogironligi bo'lgan insonlar imkoniyatlarini targ'ib qilishga xizmat qilmoqda. Asosiy yutuqlari • “Vatan kelajagi sening qo'lingda” tanlovida “Eng rang-barang va keng qamrovli ish” nominatsiyasi g'olibi. • O'zBA “Tasviriy va amaliy san'at festivali”ning ikki karra kumush medali sovrindori. • Qozog'istondagi “Almati-Art” xalqaro talabalar festivalida 3-o'rin sohibi. • “Yilning eng iqtidorli yosh hunarmandi” yo'nalishida taqdirlangan. • Asarlari O'zbekiston Zamonaviy san'at muzeyi va Sharq miniatyura san'ati muzeyida namoyish etilgan. • Pavel Benkov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabida tasviriy san'at o'qituvchisi. • Yosh rassomlar uchun muntazam mahorat darslari o'tkazib kelmoqda.